31 Dekabr 2024 yil 2083

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov viloyat hududi bo‘ylab "Prezident archasi" tadbirlari o‘tkazilayotgan hududlarda xavfsizlikni taʼminlash borasida o‘rganishlar olib bormoqda

Bugun boshqarma boshlig‘i, Jondor, Qorako‘l hamda Olot tumanlarida o‘rnatilgan "Prezident archasi" atrofida xavfsizlikning taʼminlanganligi, qo‘riqlash hamda jamoat tartibini saqlashga oid masalalarni ko‘zdan kechirib, xizmatga jalb etilgan xodimlarga qo‘shimcha yo‘riqnomalar berdi.

Jarayonda fuqarolar bilan muloqotda xush muomala bo‘lish, xizmat intizomi hamda qonuniylikka qatʼiyan rioya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i hududiy ichki ishlar orlarida bo‘lib, Navbatchilik qismida yuritilayotgan kitoblarda qayd etilgan ariza va xabarlarning bugungi kundagi holati, murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan tizimli muammolarni o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Tezkor-tergov guruhiga jalb etilgan xodimlar bilan birma-bir suhbatlashib, ichki ishlar bo‘limlari Navbatchilik qismiga kelib tushgan har bir murojaat yuzasidan o‘z vaqtida hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib borish, fuqarolarning murojaatlarini to‘liqligicha o‘rganib, tegishli tergovga qadar tekshiruv harakatlarini sifatli amalga oshirishlari yuzasidan o‘zining topshiriqlarini berdi.

Ushbu jarayonda fuqarolarning bo‘limga olib kelinishi, surishtiruv va tergov xonalarining zaruriy texnik va videokuzatuv moslamalari bilan jihozlanganligi, surishtiruv jarayonlari va tezkor-tergov guruhiga jalb etilgan xodimlar bilan xizmat vazifalari yuzasidan savol javoblar o‘tkazdi.

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining bu kabi o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech