20 Iyul 2024 yil 1621

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Kitob - inson maʼnaviyati poydevori” mavzusida navbatdagi maʼrifat darsi o‘tkazildi

Maʼrifat darsida boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda shaxsiy tarkib ishtirok etishdi.

Mavzu yuzasidan Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti Anvar Shirinov maʼruza qildi.

Mashg‘ulot davomida nutq so‘zlagan Boshqarma boshlig‘i o‘z so‘zida kitob inson maʼnaviyatini asosi ekanligini alohida taʼkidlab, ichki ishlar organlari xodimlari doimiy ravishda kitob mutolaa qilishlari, o‘z bilimlarini mustahkamlab borishlari zarurligini aytib o‘tdi.

Mashg‘ulot davomida o‘tgan hafta mobaynida Respublikamiz siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida yuz bergan yangiliklar shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.

Shuningdek, shaxsiy tarkib tomonidan xizmat intizomi va qonun talablariga rioya qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, taʼmagirlik va poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, Ichki ishlar boshqarmasi Tashkiliy boshqarma boshlig‘ining Yuridik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Ilhom Nosirov tomonidan Ichki ishlar vazirligining "Ichki ishlar organlarida ichki idoraviy hujjatlarni tayyorlash, kelishish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi" Nizomning mazmun-mohiyati hamda qonunchilikka kirilgan o‘zgarishlar xususida maʼlumotlar berildi.

Maʼrifat darsi yakunida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov tomonidan bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech