19 May 2025 yil 1458

Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash va boshqa bir qator masalalar muhokama qilingan yig‘ilishda, samarali xizmat qilgan xodimlar rag‘batlantirildi

Odatdagidek, bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida kengaytirilgan tarkibda yuqoridagi masalalar, shuningdek, hafta davomida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham muhokama qilingan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini xor bo‘lib ijro etishdan boshlangan yig‘ilishda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar va o‘rta bo‘g‘in rahbarlari va barcha xodimlari, videokonferensaloqa tizimi asosida barcha hududiy ichki ishlar organlarining to‘liq shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Dastlab, maʼnaviyat va maʼrifat darsi doirasida "Yurtim tarixini o‘rganaman" mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, joriy yilning 4 oyi 18 kuni mobaynida sodir etilgan jinoyatlar tahlili;

-15-aprel kunidan 15-may kuniga qadar butun respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligining yakuniy natijalari;

-1-may kunidan 30-iyun kuniga qadar o‘tkazilishi belgilangan “Qoradori-2025” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida amalga oshirilgan ishlar;

-viloyat IIB boshlig‘ining farmoyishi asosida joriy yilning 10-may kunidan, 10-iyun kuniga qadar viloyatimizda o‘tkazilishi belgilangan “Nazorat” tezkor profilaktik tadbirlarining dastlabki natijalari;

-shu jumladan, tashabbus bilan aniqlanadigan jinoyatlar, ochilmagan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlarning samaradorligi;

-surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlarini sifatli o‘tkazish;

-murojaatlar bilan ishlash, “E-material” tizimiga kelib tushayotgan materiallarni kundalik nazorat qilish va qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlash;

-oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar, ayniqsa o‘g‘rilik, firibgarlik, tan jarohati bilan bog‘liq, oila-turmush doirasida sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga doir profilaktik tadbirlar va bunda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar;

-xotin qizlar, yoshlar hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;-maktablar, texnikumlar, kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida hamkor idoralar bilan birgalikda “Davomat” va “Tig‘” maxsus hamda tezkor profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;

-og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, tan jarohati yetkazish, oila turmush doirasidagi, shu jumladan oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish;

Prezidentimizning "2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli Qarori talablari asosida hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, mavjud muammolar hamda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar;

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-aprel kunidagi 153-sonli “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yana-da kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” hamda 155-sonli “Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlarida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi;

-yaqindan boshlab ichki ishlar organlari tarkibida o‘z faoliyatini davom ettirayotgan qo‘riqlash xizmatining ish samaradorligini oshirish, tizim xodimlari tomonidan boshqa sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar,  dastlabki natijalar, muammolar va yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar;

-so‘ngi qo‘ng‘iroq tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish davrida jamoat tartibi, yo‘l harakati va fuqarolarimiz, ayniqsa o‘quvchi yoshlar xavfsizligini taʼminlash borasida ko‘rilayotgan choralar, bunda huquq tartibot organlari, shu jumladan ichki ishlar organlari oldida turgan dolzarb vazifalar;

-fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, aholining noroziligiga sabab bo‘layotgan yillar davomida o‘z yechimini topmayotgan masalalarni atroflicha ko‘rib chiqish, ularning sud-huquq va ichki ishlar organlarining kundalik faoliyati bilan bog‘liq muammolarini hal etishga qaratilgan sayyor qabullarni o‘tkazish tartiblari;

“Edo.ijro.uz” va “Doc.iiv.uz” platformalari bilan ishlashda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar birma-bir tanqidiy tahlil asosida muhokama qilindi.

Bundan tashqari o‘z xizmat vazifasini bajarishga vijdonan yondashib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelgan, ijobiy natijalarni qayd etgan bir guruh xodimlar rag‘batlantirilib, turli qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Yakunda, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, qonuniylikni taʼminlash masalalari ham atroflicha muhokama qilinib, joriy yilning 18 may kuni Ichki ishlar vaziri tomonidan o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda berilgan topshiriqlar barcha shaxsiy tarkib eʼtiboriga birma-bir yetkazilib, tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga zaruriy ko‘rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech