12 Sentyabr 2024 yil 916

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov viloyatning chegara hududi hisoblangan Olot tumanining Xidreyli mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi

Prezidentimizning tashabbusi va qabul qilgan normativ huquqiy hujjatlariga asosan aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullarining joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov hududlarda bo‘lib, bevosita aholining mavjud muammolarini o‘rganish, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazmoqda.

Tasdiqlangan reja asosida Boshqarma boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Olot tumanining Xidreyli mahallasi aholisi bilan o‘tkazildi.

Viloyat 3-sektor shtabi aʼzolari, tuman sektor rahbarlari, taalluqli idoralar masʼullari ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda 12 nafar fuqarolarning 15 dan ortiq turli masalalardagi murojaatlari birma bir ko‘rib chiqildi.

Bunda, sud huquq masalalari, ichki ishlar organlari va 3-sektor faoliyati, shu jumladan aholini doimiy ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikni kengaytirishda amaliy yordam berish, yaroqsiz sim yog‘ochlarni yangilash, ichki yo‘llarni taʼmirlash, davolanish uchun ko‘maklashish masalalarlari ko‘tarildi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, masʼullarga bajarish muddatlari aniq belgilangan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Sayyor qabuldan so‘ng, boshqarma boshlig‘i Xidreyli mahallasida "fuqarobay" tizimi asosida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning mavjud muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

Jumladan, Xolmurod Abdiyev hamda Gulnoz Mamedovalarning xonadonlarida bo‘lgan o‘rganishlarda, ularga tomorqadan unumli foydalanish ko‘nikmasini o‘rgatish orqali qo‘shimcha daromad manbayini yaratish borasida tavsiyalar berilib, mahalla yettiligi vakillariga ushbu xonadonlar bilan individual ishlab, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli yo‘l xaritalarini ishlab chiqish borasida topshiriqlar berildi.

Albatta, bu kabi sayyor qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iboratdir.

Boshqarma boshlig‘ining bu kabi shaxsiy hamda sayyor qabullari tasdiqlangan grafik asosida navbati bilan barcha shahar va tumanlarda davom ettiriladi.

Text to speech