27 Dekabr 2023 yil 2099

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Shofirkon tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari, 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, tegishli mutasaddi idoralar masʼullari, mahalla xodimlari hamda murojaatlariga yechim izlab kelgan fuqarolar ishtirok etdilar.

Qabulda ko‘tarilgan 10 dan ortiq fuqarolarning turli ijtimoiy-iqtisodiy murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etildi.

Ish yurituviga olingan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga ijobiy hal etish borasida manzillari aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mahallada faoliyat olib boruvchi “beshlik” vakillari ishtirokida “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan qo‘shma Qaror ijrosi bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni tezkor va samarali hal etish choralarini ko‘rish borasida ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech