Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov boshqarma tasarrufidagi “Yulduzcha” maktabgacha taʼlim tashkilotida bolajonlarning taʼlim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
Bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Ichki ishlar boshqarmasi tasarrufidagi “Yulduzcha” maktabgacha taʼlim tashkilotida bo‘ldi.
Mazkur Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolajonlarning taʼlim-tarbiya olishi, murabbiy ustozlar, tarbiyachilarga yaratilgan sharoitlarni birma-bir o‘rganib, muassasa faoliyatini yaxshilashga doir o‘zining qator tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i taʼlim dargohidagi bolajonlar bilan suhbatlashib, ularning qiziqishlarini o‘rgandi.
O‘rganishlar jarayonida muassasa atrofini ko‘kalamzorlashtirish, manzarali daraxtlar hamda gul ko‘chatlarini ko‘proq o‘tqazish, shuningdek, kutubxonadagi mavjud kitoblar ko‘lamini oshirish, sport maydonchasini zamonaviy uslubda taʼmirlash borasida masʼullarga topshiriqlar berdi.
Bolajonlarga taqdim etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, yaratilgan zaxira hamda kunlik taomnomani ham ko‘zdan kechirib, bugungi kunda ovqatdan zaharlanish va shunga o‘xshash turli yuqumli kasalliklarni oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar borasida masʼullarning axborotlarini eshitdi.
Boshqarma boshlig‘i kelajagimiz egalari hisoblanmish ushbu bolajonlarga zaruriy barcha shart sharoitlarni hozirlash kerakligini alohida taʼkidlab, ularning bilimli, yuksak salohiyatli farzandlar bo‘lib yetishishlari uchun, zamonaviy pedagogik usullardan foydalanish, chet tillarini o‘rgatuvchi to‘garaklarni ko‘paytirish borasida ko‘rsatmalar berdi.