Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolari hamda nafaqadagi faxriylar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024 yil 29 yanvar kunidagi "Ichki ishlar organlarining davolash-profilaktika muassasalariga biriktirilgan tarkibni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida"gi 38-sonli buyrug‘iga asosan IIV Tibbiyot boshqarmasi markaziy davolash profilaktika muassasalari rentgenolog, ultratovush tekshiruvi, gastroenterolog, okulist, terapevt, urolog, travmatolog, nevrolog kabi yetakchi mutaxassislari ishtirokida joriy yilning 30,31-may va 1-iyun kunlari Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tibbiyot bo‘limiga biriktirilgan tarkib chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Jarayonda 782 nafar fuqaro, shulardan 358 nafari xodim, 231nafari nafaqaxo‘r va193 nafari ularning oila aʼzolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Bundan tashqari xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida orttirgan kasalligi tufayli 1 va 2-guruh nogironi bo‘lib qolgan 15 nafar nafaqaxo‘rlarning xonadonlariga borilib chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ularga zarur bo‘ladigan 15 turdagi dori darmon vositalari hamda 1 nafariga eshituv apparati, 2 nafar 1-guruh nogironiga nogironlik aravachalari berildi.