Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Maxsus qabulxona hamda Reabilitatsiya markazi faoliyatini o‘rgandi
Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov kundalik ish reja asosida ichki ishlar organlarining quyi tizimlarida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganib bormoqda.
Shu maqsadda bugun, boshqarma boshlig‘i masʼul rahbarlar bilan birgalikda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati “Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxona” hamda Reabilitatsiya markaziga tashrif buyurib, muassasalar faoliyatini o‘rgandi va bu yerda saqlanayotgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib bordi.
O‘rganish davomida muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, maʼmuriy qamoq muddati tugaganidan so‘ng ular bilan alohida tartibda profilaktik tadbirlarni olib borish, ushbu shaxslarni faol ijtimoiy hayotga qaytarish, bandligini taʼminlash va boshqa bir qator masalalarda o‘zining tavsiyalari hamda manzilli topshiriqlarini berdi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunovning bu kabi o‘rganishlari davom etmoqda.