25 May 2024 yil 1512

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Shofirkon tumanining "Shibirg‘on" mahallasida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari yechimiga bag‘ishlangan o‘rganishlar olib bordi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Shofirkon tumanining "Shibirg‘on" mahallasida bo‘ldi.

Boshqarma boshlig‘i o‘rganishlari davomida yangidan qurilayotgan "Shibirg‘on" mahallasi binosi va profilaktika inspektorining xizmat uyi loyihasi va qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Jarayonda, yangidan qad rostlayotgan inshootlarni zamon talablari asosida, mahalla vakillari hamda hudud aholisi foydalanishi uchun qulay tarzda tez va yuqori sifat asosida qurib foydalanishga topshirish zarurligi borasida masʼullarga manzilli topshiriqlar berdi.

Bugungi kunda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunovning "Buxoro viloyati 3-sektori mahallalarida aholi muammolarini o‘rganish va bartaraf etish chora-tadbirlari" to‘g‘risidagi farmoyishi asosida Shofirkon tumanida tashkil etilgan yig‘ma otryad tomonidan hudud aholisining mavjud muammolari o‘rganilib, murojaatlari qabul qilinmoqda.

Boshqarma boshlig‘i tuman sektor rahbarlari, 3-sektor shtabi aʼzolari, mahalla faollari, oqsoqollar, keksa nuroniylar bilan bo‘lgan suhbatda amalga oshirilayotgan ishlar surʼatini oshirish, hudud aholisini qiynayotgan muammolar va mahalladagi yechimini kutayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tezkorlik bilan ijobiy hal qilish borasida tegishli topshiriqlar berdi.

Text to speech