Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ikromjon Tursunov viloyat 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon tumanida o‘rganish ishlarini olib bordi
Bugun viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ikromjon Tursunov, sektorga qarashli G‘ijduvon tumanida, hokim va boshqa masʼul rahbarlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli Qarorining ijrosini taʼminlash, shuningdek, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan tizimli muammolarni hal etish, "Obod va xavfsiz xonadon" tamoyili asosida mahallalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tozalash-obodonlashtirish, qurilish-taʼmirlash, bunyodkorlik ishlarini yana-da jadallashtirish yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.
Boshqarma boshlig‘i masʼul rahbarlar boshchiligida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M37 yo‘lining G‘ijduvon tumani hududidan o‘tgan qismida joylashgan mahallalar yettilik vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan manzilli tadbirlar, keng ko‘lamli tozalash-obodonlashtirish, qurilish va bunyodkorlik ishlarini joyiga borib ko‘zdan kechirdi.
Jarayonda uyma-uy va ko‘chama-ko‘cha yurilib, hududlarda xavfsiz muhitni yaratish, kameralashtirish, quyosh panellarini o‘rnatish orqali yashil energetika imkoniyatlaridan foydalanishning afzalliklari, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida dala chetlariga mevali va manzarali daraxtlarni ekish, ariq va zovurlarni tozalash, fermer xo‘jaliklari dala maydonlarini, ariq va zovurlar atrofini tozalash, hashar ishlarini olib borish, ichki ariqlarni betonlashtirish, bog‘ va uzumzorlarda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, noqonuniy qurilmalar, reklama bannerlarini tartibga keltirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Boshqarma boshlig‘ining bu kabi o‘rganishlari viloyat 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon, Shofirkon va Vobkent tumanlarida, vertikal tartibda qolgan barcha shahar va tumanlarning 3-sektorlariga qarashli mahallalarda davom ettiriladi.