1 Iyul 2024 yil 1527

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" kompleks targ‘ibot tadbirlari doirasida matbuot anjumani o‘tkazildi

"O‘zbekiston-2030 strategiyasi" hamda "Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yilida" amalga oshirilishiga oid davlat dasturida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" kompleks targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish belgilangan.

Joriy yilning 1-iyul kunidan boshlab, bir oy davomida respublika miqyosida, shu jumladan Buxoro viloyatida ham "Kibermadaniyatni yuksaltirish" targ‘ibot oyligiga start berildi.

Mazkur oylik doirasidagi tadbirlar xususida keng jamoatchilikka maʼlumot berish maqsadida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ushbu anjumanda viloyat hokimligi va huquq tartibot organlari rahbarlari, taalluqli korxona va tashkilotlar masʼullari va Axborot xizmatlari xodimlari, Ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar ishtirok yetishdi. Jarayonda oylik doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar xususida maʼlumotlar berildi.

Kunning ikkinchi yarimda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi masʼul xodimi tomonidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida oylik doirasidagi tadbirlarni o‘tkazishga masʼul bo‘lgan ishchi guruh aʼzolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda oylik davomida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Albatta, o‘tkazilayotgan bu kabi keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari aholi o‘rtasida kibermadaniyatni yuksaltirish, ushbu turdagi sodir etilishi mumkin bo‘lgan firibgarlik holatlarini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech