24 Iyul 2024 yil 1203

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov tasdiqlangan grafik asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi

Barchangizga maʼlumki, haftaning har chorshanba kuni tasdiqlangan reja asosida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish xonasida boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov tomonidan fuqarolarning 3-sektor va ichki ishlar organlari faoliyati hamda sud-huquq masalalariga doir murojaatlari qabul qilinadi.

Bugun bo‘lib o‘tgan qabul davomida ham 40 dan ortiq fuqarolar, yuridik shaxslar va ularning qonuniy vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ular tomonidan qilingan murojaat va takliflar tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinganlari yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Har bir murojaatning ijrosi alohida nazoratga olinib, murojaatlar yechimi yuzasidan ariza mualliflariga belgilangan muddat va talablar asosida javob xatlarining yuborilishi tushuntirildi.

Bu kabi qabullar orqali aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish, odamlarning dardini eshitish, og‘irini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga bo‘lgan ishonchini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Text to speech