Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ikromjon Tursunovning “25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan soha xodimlari va faxriylariga bayram tabrigi
Hurmatli, ichki ishlar organlari xodimlari! Aziz, faxriylar! Barchangizni mamlakatimizda ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda “25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Bugungi kunda ichki ishlar tizimi mamlakatimiz taraqqiyotining ishonchli tayanchi, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligining mustahkam kafolati sifatida jamiyatda yuksak o‘ringa ega bo‘lib bormoqda.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida so‘nggi yillarda ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, xodimlarning huquqiy, ijtimoiy va moddiy ta’minotini yaxshilash, ularning xizmat sharoitlarini zamon talablari darajasiga olib chiqish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
“Xalq manfaatlariga xizmat qilish – har bir xodimning burchidir” degan tamoyil asosida xizmatni tashkil etish bugun bizdan yanada yuqori mas’uliyat, hushyorlik va sadoqatni talab etmoqda.
Tizimda bo'layotgan o‘zgarishlarning markazida inson qadri, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash kabi ezgu maqsadlar mujassam. Shu yo‘lda Vatanga sadoqat, jasorat, halollik va fidoiylik namunasini ko‘rsatayotgan barcha xodimlarimiz bilan faxrlanamiz.
Aziz, hamkasblar!Shu fursatdan foydalanib, Sizlarga – o‘z hayoti va sog‘ligini xalq osoyishtaligi, yurt tinchligi yo‘lida baxsh etayotgan, kechayu kunduz xizmatda sobitqadam turgan barcha xodimlarga, nafaqadagi faxriylarimizga, shuningdek, xizmat burchini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan jasur hamkasblarimiz xotirasi oldida chuqur ehtirom bajo keltirgan holda, ularning oila a’zolariga samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida, Buxoro viloyatining tinchligi va barqarorligida Sizlarning o‘rningiz beqiyos. Har bir xodimning fidoyiligi, matonati va kasbga bo‘lgan sadoqati bugungi osoyishta hayotimizning poydevoridir.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat, bardavom g‘ayrat, oilaviy tinchlik va baxt-saodat tilayman.Xizmatlaringizda doimo omad va zafarlar yor bo‘lsin!
Yurtimiz osmoni musaffo, xalqimiz tinch, Vatanimiz obod bo‘lsin!