27 Yanvar 2025 yil 866

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ikromjon Tursunov huzurida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar muhokamasi yuzasidan navbatdagi tezkor yig‘ilish o‘tkazildi

Muhokama yig‘ilishida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari hamda tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda:

- o‘tgan hafta davomida berilgan topshiriq va nazoratga olingan hujjatlarning ijrosi;

- viloyat hududida jinoyat, huquqbuzarlik va boshqa hodisalar yuzasidan kelib tushayotgan ariza va xabarlar, ularning yechimiga doir olib borilayotgan surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlarning sifati, qonuniy qarorlar qabul qilinishini taʼminlash;

- ochilmagan jinoyatlarni fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni aniqlash borasidagi tezkor qidiruv tadbirlarining holati;

- og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, ayniqsa, oila turmush doirasidagi jinoyatlarni oldini olishda hamkor idoralar hamda mahalla yettilik vakillari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli;

- hududiy sektor rahbarlari tomonidan taalluqli idoralarning masʼul shaxslari ishtirokida jinoyatlarning "mahallabay" va "sohabay" muhokamasini tashkillashtirishning holati;

- uzoq muddatga ketgan, kelganlar va ularning oila aʼzolari bilan olib borilayotgan manzilli ishlar;

-“E-material” tizimiga kelib tushayotgan materiallarni kundalik nazorat qilish va qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlash borasida yo‘l qo‘yib kelinayotgan xato va kamchiliklar;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli Qarori asosida ishlab chiqilgan "Yo‘l xarita" larning ijrosini taʼminlash;

- mazkur qaror mazmun mohiyatini o‘qib o‘rganish yuzasidan barcha rahbar xodimlar, shaxsiy tarkib va boshqa taalluqli idoralar masʼullari ishtirokida o‘quv amaliy seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish;

- kiberjinoyatlarni oldini olishga doir “fuqarobay”, “xonadonbay”, “mahallabay” va “sohabay” targ‘ibot hamda tushuntirish tadbirlarining hajmi va sifatini oshirish;

- viloyat hududidagi barcha mahallalarda zamonaviy videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va “Qalqon” kuzatuv markaziga integratsiya qilish borasidagi ishlar surʼatini oshirish;

- aholining qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalaridan foydalanish madaniyatini oshirish orqali energetika tarmoqlaridagi yuklamalarni yengillashtirish, avariyalarning oldini olish, tarmoqlardagi texnologik yo‘qotishlarni pasaytirish, eng muhimi ekologik toza, “yashil” energiyaga o‘tish jarayoni faollashtirish;

- viloyat ichki ishlar organlarining barcha sohaviy xizmatlarini raqamlashtirish borasida olib borilayotgan manzilli ishlar;

- xizmat sohalar hamda hududiy ichki ishlar organlari tomonidan 2025 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarning yanvar oyi davomida bajarilishi lozim bo‘lgan bandlari ijrosi;

-xodimlar o‘rtasida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, qonuniylikni taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Muhokama jarayonida ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari hamda tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech