Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi o‘tkazildi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Bugungi dunyoning geosiyosiy manzarasi” mavzusida navbatdagi maʼrifat darsi o‘tkazildi. Mavzu yuzasidan Buxoro davlat Pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, Falsafa fanlari doktori, Narziyev Zubaydullo Ibodullayevich maʼruza qildi.
Mashg‘ulot davomida o‘tgan hafta mobaynida Respublikamiz siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida yuz bergan yangiliklar shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.
Shuningdek, tadbirda xizmat intizomi va qonun talablariga rioya qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, taʼmagirlik va poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan respublika ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan bog‘liq sodir etilgan noxush holatlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.