11 Iyun 2024 yil 1472

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov erta tongdan viloyat 3- sektoriga qarashli Shofirkon tumanida g‘alla o‘rimi jarayonlarini ko‘zdan kechirdi

Shu kunlarda ko‘zni quvnatuvchi oltinrang tusga kirgan dalalarda bo‘liq boshoqlar saf tortgani bobo-dehqonning kechayu-kunduz, vaqt bilan hisoblashmasdan chekkan zahmati, mashaqqatli mehnati mahsuli, albatta.

Endigi vazifa, ana shu bebaho boylikni nest-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olib xirmonga saranjomlashdir.

Shofirkon tumanida ham joriy yilda g‘allachilik yo‘nalishidagi 376 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 2024 yil hosili uchun umumiy maydoni 6 ming 154 gektar yerda boshoqli don—sara bug‘doy yetishtirildi.

Mavsum oldidan esa hosilni qisqa muddatda yig‘ishtirib olish uchun 18 ta yuqori unumdor kombayn va zarur texnikalar mutaxassislar texnik ko‘rigidan o‘tkazilib, taʼmirdan chiqarildi. Hozirda o‘rilgan donni qabul maskaniga tashish uchun 70 tadan oshiq yuk avtomashinasi ham shay qilinib, o‘rimga jalb qilingan.

Bu boradagi ishlarni yaqindan o‘rganish maqsadida bugun, viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov masʼullar bilan birgalikda Shofirkon tumanidagi fermer xo‘jaliklarining yer maydonlarida g‘alla o‘rim-yig‘im ishlarining to‘g‘ri tashkil qilinganligi, tadbirga jalb etilgan kuch-vositalarga yaratilgan sharoitlar, yong‘in va yo‘lllarda harakat xavfsizligi qoidalariga amal qilish borasida berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarga qay darajada amal qilinayotganligini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida g‘alla o‘rim-yig‘imi bilan bog‘liq muammoli masalalar, xususan o‘rim kombaynlari uchun yoqilg‘i moylash hamda zaruriy ehtiyot qismlarining o‘z vaqtida yetkazib berilishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

Shuningdek, g‘alla hosilini nest-nobud qilmasdan yig‘ib olish va don topshirish rejasini bajarish borasidagi o‘rim-yig‘im tadbirlarini uyushqoqlik bilan tashkillashtirish, g‘alla hosilini talon-toroj qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan masʼullarga qator ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Boshqarmasi boshlig‘i dehqon va fermerlar hamda boshqa mutasaddilar bilan samimiy suhbat olib borib, hosilning cho‘g‘i, kutilayotgan daromad, kelgusida ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning turmush darajasini yaxshilashga doir masalalar bo‘yicha ham o‘zining taklif hamda tavsiyalarini bildirib, "... biz sektor rahbarlari-xalq xizmatchisimiz"-deya taʼkidladi.

Bu kabi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Text to speech