Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Qorako‘l tumanining Quvacha mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amaliyotga joriy etilgan aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi bugun markazdan tortib olis qishlog‘u ovullarda yashayotgan yurtdoshlarimizning yillar davomida to‘planib qolgan muammolari yechimiga xizmat qilmoqda.
Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov hududlarda bo‘lib, bevosita holining mavjud muammolarini o‘rganish, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazmoqda.
Boshqarma boshlig‘i boshchiligida navbatdagi sayyor qabul Qorako‘l Tumanining Quvacha mahallasi aholisi bilan o‘tkazildi.
Viloyat 3-sektor shtabi aʼzolari, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar masʼullari ishtirokida o‘tkazilgan yuzma-yuz ochiq muloqotda 10 nafar fuqarolarning 15 dan ortiq turli masalalardagi murojaatlari birma bir ko‘rib chiqildi.
Jumladan, ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikni kengaytirishda amaliy yordam berish, yaroqsiz sim yog‘ochlarni yangilash, ichki yo‘llarni taʼmirlash va shag‘allashtirish masalalarlari ko‘tarildi.
Murojaatlarning aksariyati shu kunning o‘zida hal etildi.
Jumladan, 3 nafar ayollarga subsidiya asosida tikuv mashinalari olib berilgan bo‘lsa, mahallaning 0,5 km masofadagi ichki yo‘li shag‘allashtirildi.
Bundan tashqari moddiy yordam berish bilan bog‘liq murojaatchining xonadoniga borilib, uning o‘zi va 83 yoshli onasi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va barcha zaruriy dori darmonlar bilan taʼminlandi
Shuningdek, ushbu oiladagi barcha muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan manzilli chora tadbirlar belgilandi.
Qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun muddat talab qilgan murojaatlar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Albatta, bu kabi sayyor qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iboratdir.