31 Iyul 2024 yil 1742

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov “Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxona” da saqlanayotgan shaxslar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi.

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov hududiy ichki ishlar organlarining yarim yillik ish natijalarini joyiga chiqqan holda o‘rganib, amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni sarhisob qilmoqda.

Shu maqsadda bugun, boshqarma boshlig‘i masʼul rahbarlar bilan birgalikda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati “Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxona” ga  borib, muassasa faoliyatini o‘rgandi va muassada saqlanayotgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib bordi.

Bunda ayniqsa, oila va turmush doirasida huquqbuzarliklar sodir qilganligi, shuningdek, ajrim yoqasiga kelib, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi uchun saqlanayotgan shaxslarga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘rganish davomida Muassasada saqlanayotgan shaxslarning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, maʼmuriy qamoq muddati tugaganidan so‘ng ular bilan alohida tartibda profilaktik tadbirlarni olib borish, ushbu shaxslarni faol ijtimoiy hayotga qaytarish, bandligini taʼminlash va boshqa bir qator masalalarda o‘zining tavsiyalari hamda manzilli topshiriqlarini berdi.

Text to speech