31 Oktyabr 2023 yil 2270

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bugun, 31 oktyabr kuni 2023 yilning 9 oyi davomida viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida olib borilgan profilaktik tadbirlar va ularning natijadorligi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha keng jamoatchilikka axborot berish, sohaga taalluqli muammoli savollarga oydinlik kiritish hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanini boshqarma Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Jalolov ochib berib, ishtirokchilarni kun tartibi bilan tanishtirdi.

Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov anjuman kun tartibidagi masala bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

Bunda, tizimda amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlar, sohani “Xalq manfaatlariga xizmat qiladigan ijtimoiy yo‘naltirilgan professional tuzilmaga aylantirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tomonidan aholi muammolarini hal etishda "fuqarobay" ishlash orqali huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasini taʼminlash hamda "Xavfsiz hudud" tamoyili asosida jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.

Matbuot anjumani so‘ngida sohaga taalluqli OAV vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga boshqarma boshlig‘i va tegishli sohaviy xizmat masʼullari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Text to speech