Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasining 9 oylik ish natijalarini tahliliy-tanqidiy muhokama qildi
Muhokamada boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari, G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati hamda barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tgan yig‘ilishda:
- tuman hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish, qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni topish, ochilmagan jinoyatlarni fosh etish, oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning profilaktikasini amalga oshirish;
- jamoat hamda yo‘l harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, shu jumladan “qizil” va “sariq” mahallalarda tezkor hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish orqali “yashil” toifali mahallalar sonini oshirish;
- ilgari sudlanganlar, profilaktik va probatsiya hisobida turuvchi, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar bilan manzilli ishlash;
- tergov sifatini oshirish, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergov harakatlari davomida qonuniylikni taʼminlash;
- ariza va xabarlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli ko‘rib chiqib, natijasi yuzasidan asoslantirilgan qarorlar qabul qilinishini taʼminlash;
- 3-sektor faoliyatida samaradorlikka erishish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga yechim topish, mahallalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari surʼatini oshirish;
- xizmat intizomi hamda qonuniylikni taʼminlash, korrupsiogen holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, “xodimbay” tizimi asosida xodimlarning yashash sharoiti, mavjud muammolarini o‘rganish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tgan yig‘ilishida har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, amalga oshirilgan ish natijalari birma-bir muhokama qilindi. Jarayonda 9 oylik ish natijalari bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar va masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralarni qo‘llash, yuqori natijalarga erishgan xodimlarni rag‘batlantirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shundan so‘ng, boshqarma boshlig‘i tuman hududida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlarni birma-bir tahlil qilib, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasidagi manzilli profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, murojaatlar bilan ishlash, shuningdek, shaxsiy tarkib tomonidan ijro va xizmat intizomi hamda qonun talablariga qatʼiy rioya qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, taʼmagirlik va poraxo‘rlik kabi illatlarning xodimlar tomonidan sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yakunda, ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari, tuman Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibga aniq topshiriqlar berilib, joriy yilning 4-choragiga mo‘ljallangan yo‘l xaritasining ijrosi alohida nazoratga olindi.