1 Oktyabr 2025 yil 1100

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ikromjon Normurodovich Tursunovning "1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tabrigi

Qadrli ustoz va murabbiylar, taʼlim fidoyilari hamda ichki ishlar organlarining faxriy ustozlari!

Avvalo, Siz azizlarni, sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan yurtimizdagi barcha insonlarni "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bilan samimiy tabriklayman. Biz ustoz zotini azaldan otaday ulug‘ deb biladigan, hamisha boshiga ko‘tarib eʼzozlaydigan maʼrifatparvar xalq farzandlarimiz.

Ustoz – maʼrifat va tarbiya olamining eng muqaddas timsoli. Murabbiy – hayot yo‘limizda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi, barkamol avlod tarbiyasi uchun fidoyilik bilan mehnat qiladigan inson.

Bugun o‘zining umri va hayotini yurt tinchligi, el osoyishtaligi va farovonligiga bag‘ishlab, Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan fidoyi ichki ishlar organlari xodimlarining qalbiga vatan ishqini joylagan inson ham, avvalo, ularning o‘qituvchi va murabbiylari hisoblanadi.

Ana shu ulug‘ sifatlaringiz tufayli yoshlarimizning qalbida Vatanga muhabbat, milliy anʼanalarga sadoqat va ezgu g‘oyalarga ishonch shakllanmoqda.

Jumladan, muhtaram Prezidentimizning kuni kecha ustoz va murabbiylarga yo‘llagan tabrigida, “Yurtimiz tarixidagi ikki buyuk Renessansni yaratgan ulug‘ mutafakkir va allomalarni ham o‘z vaqtida siz kabi o‘qituvchi va muallimlar tarbiyalab voyaga yetkazgan. Bu ezgu anʼanalarning davomchilari sifatida Siz, azizlar ham bugun jonajon Vatanimizda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans bunyodkorlarini kamol toptirishga munosib hissa qo‘shasizlar, deb ishonaman.”,-deya bejizga taʼkidlamadilar.

Shu bilan birga, biz – ichki ishlar organlari safida uzoq yillar sidqidildan xizmat qilib, o‘z bilim va tajribasi bilan yosh avlodga ustozlik qilayotgan fidoyi faxriy hamkasblarimizni, IIV Buxoro akademik litseyida o‘g‘il-qizlarimizga bilim berib kelayotgan barcha o‘qituvchi-pedagoglar jamoasini ham chuqur ehtirom bilan tabriklaymiz. Sizlarning jasoratingiz, matonatingiz va ustozlik namunangiz biz uchun hamisha ibratdir.

Sizlarni "1 oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni" bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga uzoq umr, baxt-saodat, xonadoningizga fayzu-baraka, barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman.

Tursunov Ikromjon Normurodovich,

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i,

Polkovnik

Text to speech