20 Yanvar 2025 yil 1284

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ikromjon Tursunov huzurida navbatdagi tezkor yig‘ilish o‘tkazildi

Muhokama yig‘ilishida boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda “ZOOM” platformasi orqali hududiy ichki ishlar organlarining boshliqlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda:

- joriy yilning 20 sanasiga qadar viloyat hududida sodir bo‘lgan jinoyatlar, ayniqsa oldi oldinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning sodir etilishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar;

- shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, turli elektron platformalar orqali sodir etilayotgan kiberjinoyatlarni oldini olishga doir “fuqarobay”, “xonadonbay”, “mahallabay” va “sohabay” targ‘ibot hamda tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar;

- huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda jinoyatlarni tayyorgarlik bosqichidayoq aniqlash, mavhum holda sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish;

- qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni aniqlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish;

- og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, ayniqsa, qotillik, nomusga tegish, tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq, shuningdek, oila turmush doirasidagi, oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan hamkor idoralar hamda mahallalar yettilik vakillari bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar;

- oilaviy nizolar bo‘yicha 102-avtomatlashtirilgan tizim orqali kelib tushayotgan kundalik murojaatlar yuzasidan tezkorlik bilan joyiga borib tegishili mas’ulllar ishtirokida muhokamalarni tashkil etish va nizoni bartaraf etish borasidagi muammmolar;

- hududiy sektor rahbarlari tomonidan taalluqli idoralarning mas’ul shaxslari ishtirokida jinoyatlarning "mahallabay" va "sohabay" muhokamasini tashkillashtirish va kelgusida jinoyatlar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan manzilli tadbirlarni belgilash;

-uzoq muddatga ketgan, kelganlar va ularning oila a’zolari bilan manzilli ishlash borasida berilgan topshiriqlarning ijrosi;

-surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlarini sifatli o‘tkazish va yakuni bo‘yicha asoslantirilgan qonuniy qarorlar qabul qilinishini ta’minlash;

-"E-material" tizimiga kelib tushayotgan materiallarni kundalik nazorat qilish va qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlash borasida yo‘l qo‘yib kelinayotgan xato va kamchiliklar;

- ko‘p qavatli uylar atrofi va pod’ezdlari, mahallalarning markaziy ko‘cha va jamoat joylari, turli davlat va nodavlat tashkilot, muassasa va korxonalar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, barcha tadbirkorlik subyektlari faoliyat olib borayotgan bino inshoootlarda mol-mulklar dahlsizligi va xavfsizlikni ta’minlash, turli ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida zamonaviy videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va “Qalqon” kuzatuv markaziga integratsiya qilish borasida berilgan topshiriqlarning ijrosi;

- kunduzgi hamda tungi patrullik yo‘nalishlari yuzasidan ishlab chiqilayotgan kunlik qarorlarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar;

- sohaviy xizmatlarda innovatsion texnologiyalarni joriy qilgan holda raqamlashtirish borasida olib borilayotgan ishlarning natijalari;

-xodimlar o‘rtasida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, qonuniylikni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Muhokama jarayonida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelayotgan mas’ullarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi to‘g‘risida qarorlar qabul qilinib, ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar va hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga  aniq topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech