4 Fevral 2025 yil 1067

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari va barcha tuman-shahar IIB (IIO FMB)lari terma jamoalari o‘rtasida sportning “Harbiy ko‘p kurash” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni hamda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2025-yil 24-yanvar kunidagi tegishli farmoyishi ijrosini taʼminlash hamda ichki ishlar organlarida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil etish shuningdek, jangovar shaylikni oshirish maqsadida tashkil etilgan musobaqa murosasiz va qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi.

Ishtirokchilar musobaqa jarayonida 100 metrga yugurib jangovar "AKM" qurolini qismlarga ajratish, 1 daqiqa ichida to‘sinda tortilish, 1 daqiqa ichida kuch ishlatish mashqini bajarish, 5 ta harbiy to‘siqlardan oshib o‘tish, 50 metr masofadan yugurib 24 kg li toshni 1 daqiqa ichida ko‘tarish, 100 metr masofadan yugurib kelib qismlarga ajratilgan jangovar qurolni yig‘ish kabi mashqlarda kuchlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Musobaqada faol ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalar vakillari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov hamda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ikromjon Tursunov tomonidan munosib taqdirlanishdi.

Text to speech