5 Avgust 2025 yil 2113

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘ijduvon tumanida jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan hududlardan biri sifatida qayd etilgan “Pamo‘za” mahallasida o‘rganish olib bordi

Bugungi kunda ushbu mahallada 7169 nafar aholi istiqomat qiladi. Joriy yilning o‘tgan davrida mazkur mahallada 9 ta jinoyat sodir etilgan.

Ushbu mahalla so‘nggi besh yil davomida "qizil toifa"ga mansub bo‘lib, kriminogen vaziyat og‘ir deb baholanmoqda.

Jarayonda viloyat IIB rahbariyati tomonidan mahalladagi umumiy huquqbuzarliklar holati, jinoyatlarning turlari, ularning sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar hamda mavjud shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada jinoyatchilikni jilovlash va uning oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar, xususan,profilaktik, probatsiya hisobda turuvchi shaxslar bilan ishlash, huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan manzilli tarzda ish olib borish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish, jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, “xonadonbay”, “oilabay” va “fuqarobay” tizim asosida olib borilayotgan manzilli hamda profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirish masalalari belgilab olindi.

O‘rganishlar yakunlari bo‘yicha jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi va uning ijrosi viloyat IIB rahbariyati tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.

Text to speech