Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Normurodovich Tursunovning “Yangi 2025-yil” bayrami munosabati bilan bayram tabrigi
Aziz vatandoshlar, hurmatli buxoroliklar, qadrli hamkasblar va sohamiz faxriylari!
Mamlakatimiz, shu jumladan butun dunyo, o‘ziga xos tarixiy ahamiyatga ega XXI asr birinchi choragining so‘nggi yili hisoblangan – 2025-yilni kutib olmoqda.
Hurmatli yurtdoshlar,
Yangi yilni kutib olar ekanmiz, albatta ortga nazar tashlab, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sarhisob qilinadi.
Yakuniga yetayotgan 2024-yilda mamlakatimiz, shu jumladan viloyatimiz ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish sohasida oldiga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, bildirilgan ishonchni to‘la oqladi deyish mumkin.
Yuksak faxr bilan taʼkidlash kerak-ki, bugun davlatimiz fuqarolar hayoti va sayohat qilishi uchun eng minimal xavf darajasiga ega mamlakat deb eʼtirof etilmoqda.
Bu birinchi galda, hech shubhasiz Davlatimiz rahbarining siyosiy irodalari, yurtimizda olib borilayotgan xalqchil va progressiv islohotlar hamda oliyjanob xalqimiz saʼy-harakatlarining amaliy natijasi hisoblanadi.
Ishonaman-ki, kirib kelayotgan yangi 2025-yilda ham ichki ishlar organlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Mamlakatimiz rahbari hamda xalqimiz ishonchini oqlab, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni masʼuliyat bilan bajaradi.
Hurmatli vatandoshlar, aziz hamkasblar!
Fursatdan foydalanib, Sizlarni yana bir bor Yangi yil bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kasbiy muvaffaqiyat tilayman.
Jona-jon Vatanimizning tinch va farovon hayotiga “ko‘z tegmasin”.
Yangi yil barchangizga muborak bo‘lsin!