Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov huzurida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi tezkor hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Muhokamada boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda videokonferensaloqa shaklida hududiy ichki ishlar organlari rahbariyati ishtirok etdi.
Ichki ishlar vazirligining 2025 yil 4 yanvardagi 2-sonli Farmoyishiga asosan haftaning chorshanba kuni butun Respublikamizda "Kibergigiyena kuni" (Ceber day) etib belgilanganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan keng qamrovli tezkor hamda profilaktik chora-tadbirlar xususida batafsil tushuntirish berilib, axborot texnologiyalari sohasida jinoyatlarni aniqlash, fosh etish va oldini olish borasidagi ishlar surʼatini oshirish borasida topshiriqlar berildi.
Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda "kibergigiyenani" shakllantirish maqsadida mahallalarda, taʼlim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda fuqarolarni ogohlikka chorlovchi targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birga ushbu yo‘nalishda sodir etilayotgan jinoyatlarni tahlil qilgan holda ularga qarshi kurashishda zamonaviy usullardan foydalanish borasida ham tushunchalar berildi.