Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov viloyat 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon tumanida paxta yig‘im-terimi vaqtida xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan o‘rganishlar olib bordi
Hozirgi kunda butun viloyatda bo‘lgani kabi G‘ijduvon tumanida ham “Paxta-2024” mavsumiga start berilib, paxta dalalaridagi hosilni yig‘ishtirib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Bugun shu munosabat bilan podpolkovnik Ikromjon Tursunov viloyatning 3-sektor hududidagi G‘ijduvon tumanida bo‘lib, masʼullar bilan birgalikda paxtani qabul qilish maskani faoliyati va fermer xo‘jaliklari paxta dala maydonlaridagi terim ishlari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlarda paxta terimi mavsumida hosilning talon-tarojini oldini olish, paxtani tashishga mo‘ljallangan transport vositalari va tirkamalar, terim otryadlarini uyushqoqlik bilan ko‘chirishda foydalanilayotgan avtobuslarning texnik xavfsizligini, yo‘llarda harakatlanish vaqtida harakat xavfsizligini taʼminlash ishlarini alohida nazoratga olish, ular bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarini sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, paxtani qabul qilish maskanida yong‘in xavfsizligini, shuningdek, jamoat tartibini saqlash, shu bilan birga asosiy eʼtiborni hasharchilarning xavfsizligini taʼminlash va ularga munosib sharoitlar yaratib berish yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq vazifa hamda topshiriqlar berildi.