3 Fevral 2025 yil 565

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 801-sonli qarori mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha o‘quv amaliy seminar tashkil etildi

Mashg‘ulotda Ichki ishlar boshqarmasining barcha sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududdiy ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda taaluqli masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 801-son Qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.

Jarayonda, qaror bilan belgilab berilgan ijtimoiy profilaktikaning obyektlari, subyektlari, amalga oshirishning mexanizmlari, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishni raqamlashtirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan "E-ijtimoiy profilaktika" axborot tizimi joriy etilganligi taʼkidlanib, "mahalla yettiligi" hamda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartiblari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida har bir mahallada muammolarni joyida aniqlab, kompleks yondashuv asosida hal etish mexanizmlarini joriy etish yuzasindan masʼullarga topshiriqlar berildi.

Text to speech