26 Fevral 2025 yil 4545

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ikromjon Tursunov viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon tumanida o‘rganishlar olib bordi

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati 3-sektor rahbari Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunov hududlarda bo‘lib, joylarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning borishini ko‘zdan kechirib, zaruriy chora tadbirlar belgilab kelmoqda.

Xuddi shu maqsadda, bugun kunning ikkinchi yarmida, Boshqarma boshlig‘i Shofirkon tumani sektor rahbarlari va mahalla “yettiligi” bilan birgalikda Sultonod mahallasining Ko‘lobod qishlog‘ida o‘rganishlar olib bordi.

Mahalla hududi bo‘ylab xonadonma-xonadon, ko‘chama-ko‘cha yurib, tomorqadan unumli foydalanish, chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirish, issiqxona xo‘jaliklarini yaratish orqali aholining kam taʼminlangan qatlami daromadlarini oshirish borasida o‘zining tegishli topshiriq va tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, mahalla aholisini qiynab kelayotgan ijtimoiy va maishiy muammolarini ham o‘rganib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilma holatini yaxshilash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Mahallaning ichki yo‘l va ko‘chalarida "Xavfsiz yo‘lak" va "Xavfsiz ko‘cha" tamoyillari asosida manzilli ishlarni tashkilllashtirib, harakat xavfsizligi choralarini ko‘rish borasida ham topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari xonadonlarda, yo‘llar va ichki ko‘chalarda tozalash, obodonlashtirish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish, hududda faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi yerlarida, bog‘ va tokzorlarda bahorgi agrotexnik tadbirlarni jadallashtirish yuzasidan ham tavsiyalar berildi.

Bu kabi o‘rganishlar kunlik reja asosida davom ettirilmoqda.

Text to speech