30 Dekabr 2023 yil 2897

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov “Yangi yil” bayrami munosabati bilan, xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning oila aʼzolari holidan xabar oldi

Xotira va qadr hech qachon  eskirmaydigan tuyg‘u. Bu so‘zlar zamirida insonga, uning qadr-qimmatiga, shaʼniga, xotirasiga ehtirom mujassamdir. Ayniqsa, vatan tinchligi va uning himoyasi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida vafot etganlarni yod etish o‘zbekona anʼanalardan.

Boshqarma boshlig‘i xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning oila aʼzolari holidan xabar olib, ularning muammolari, yashash sharoitlarini yaqindan o‘rgandi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan ularning farzandlariga sovg‘alar taqdim etilib, bayramona kayfiyat ulashildi.

Text to speech