10 Fevral 2025 yil 2395

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi maʼnaviy va maʼrifiy dars o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Bugun, 10 fevral kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida "Navoiy merosi - millat xazinasi (9- fevral Alisher Navoiy tavallud topgan kun)" mavzusida navbatdagi maʼrifat darsi o‘tkazildi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ikromjon Tursunov boshchiligidagi mazkur maʼnaviy tadbirda boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va shaxsiy tarkib, videokonferensaloqa tizimi orqali hududiy ichki ishlar organlari rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlangan mashg‘ulot avvalida o‘tgan hafta mobaynida Respublikamiz ijtimoiy siyosiy hayotida sodir bo‘lgan yangiliklar yuzasidan tayyorlangan videolavha shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.

Shundan so‘ng, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Avazbek Inomov mavzu yuzasidan yig‘ilganlarga batafsil maʼlumotlar taqdim etdi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli Qarorining mazmun-mohiyati yana bir bor tushuntirildi.

Yakunda, respublika miqyosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan salbiy oqibatlar o‘qib eshittirilib, bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, ushbu jarayonda qonunchilik talablariga to‘la rioya qilish yuzasidan yo‘riqnoma ham o‘tkazildi.

Text to speech