27 May 2024 yil 1420

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi faoliyatini o‘rgandi

Bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasida bo‘lib, xodimlar hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Bunda, boshqarma boshlig‘i shaxsni identifikatsiyalovchi ID-kartasi hamda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirish jarayonlari bilan tanishdi.

Jarayonda masʼullarga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida fuqarolarimiz hamda mamlakatimiz hududida yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ularni ortiqcha ovora qilmaslik, barcha vazifalarni qonun doirasida bajarish, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish, fuqarolardan kelib tushayotgan har bir murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganib chiqish borasida tegishli topshiriqlar berdi.

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunovning bu kabi o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech