10 Yanvar 2025 yil
1905
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, tizimda korrupsiogen holatlarga barham berishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Avazbek Inomov tomonidan boshqarma apparati sohaviy xizmatlari hamda hududiy ichki ishlar organlari masʼul xodimlari ishtirokida viderkonferensaloqa tizimi asosida shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, tizimda sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli korrupsiogen holatlarni oldini olish, murojaatlar bilan ishlashda sansolarlikka yo‘l qo‘ymaslik, taʼmagirlik va boshqa shunga o‘xshash noxush holatlarni oldini olishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bunda, Kelgusida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiogen holatlarga qarshi keskin kurashishning zamonaviy usul va uslublarini joriy qilish borasida amalga oshiriladigan ishlar, xizmat intizomini buzish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini chuqur tahlillar asosida sinchkovlik bilan o‘tkazish, bu yo‘nalishdagi tekshiruvlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, xizmatga sovuqqonlik bilan qarash, poraxo‘rlik va taʼmagirlik hamda boshqa shu kabi korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish, ularning har qanday murojaatlari yuzasidan sansolarlikka yo‘l qo‘ymasdan, tez va sifatli tekshiruvni o‘tkazib, belgilangan tartibda huquqiy tushuntirish berish orqali murojaatning natijasini maʼlum qilishning qatʼiy talablariga rioya qilinishi borasida zaruriy ko‘rsatmalar berildi.