Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligida navbatdagi tezkor yig‘ilish o‘tkazildi
Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov boshchiligida barcha o‘rinbosarlar, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari, videokonferensaloqa shaklida hududiy ichki ishlar organlarining rahbariyati ishtirokida quyidagi masalalarni tanqidiy va tahliliy muhokama qilindi:
- mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni oldini olishga doir galdagi vazifalar, shu jumladan:
-sodir etilayotgan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish;
-og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni oldini olishga doir profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;
-viloyat hududida sodir etilayotgan jinoyatlarning "mahallabay" hamda "sohabay" muhokamasini tashkil etish;
-qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni topish, ochilmagan jinoyatlarni fosh etish, oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning profilaktikasini amalga oshirish;
- tergov sifatini oshirish, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergov harakatlari davomida qonuniylikni taʼminlash;
- 102 qisqa raqamiga, hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismiga, shuningdek, o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda kelib tushayotgan murojaat, ariza va xabarlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli ko‘rib chiqib, natijasi yuzasidan asoslantirilgan qarorlar qabul qilinishini taʼminlash;
-jamoat hamda yo‘l harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, shu jumladan “qizil” va “sariq” mahallalarda tezkor hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;
-ilgari sudlanganlar, profilaktik va probatsiya hisobida turuvchi, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar bilan manzilli ishlash;
-yashash, ishlash, o‘qish yoki boshqa sabablar bilan uzoq muddatga chet elga chiqib ketgan yoki qaytib kelgan fuqarolar bilan ishlash, ularning mavjud muammolariga yechim topish;
- shaxsiy tarkibning yaqin qarindoshlari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazib, xodimlarning oilaviy hamda ijtimoiy muammolarini aniqlagan holda manzilli chora tadbirlar belgilagan holda, xizmat va ijro intizomini mustahkamlash hamda qonuniylikni taʼminlash, korrupsiogen holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Yakunda, ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbariyati va shaxsiy tarkibga aniq topshiriqlar berildi.