Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati hamda uning quyi tuzilmalarida xizmat olib borayotgan xodimlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi
Dastlab, tashrif buyurganlar eʼtiboriga Buxoro viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan mustaqillik yo‘lida kurashgan jadidlarimiz hayotiga bag‘ishlangan “Fitrat” nomli spektakl namoyish etildi.
Tadbirda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Avazbek Inomov so‘zga chiqib, ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va ularning ijtimoiy himoyasi borasidagi ijobiy ishlar haqida maʼruza qildi.
Shundan so‘ng, ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar samarali xizmat qilib, nafaqaga chiqqan xodimlarni kuzatish marosimi o‘tkazildi.
Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda yuqori natijalarga erishib kelayotgan xodimlar va ularning oila aʼzolariga minnatdorchilik eʼlon qilinib, esdalik sovg‘alari topshirildi.