Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov boshchiligida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursantlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Taʼlimda nazariya va amaliyot uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu borada, Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘quv tanishish va ish o‘rganish amaliyotini tashkil etish va o‘tash tartibiga doir kursantlar bilimlarini mustahkamlash, ularga ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari faoliyatini o‘rgatish jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Bugun, Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov boshchiligida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining jami 102 nafar 1 va 2-o‘quv kursi kursantlari bilan tashkil etilgan uchrashuv ham ushbu ishlarning uzviy davomi bo‘ldi.
O‘quv amaliyotini tashkil etish yuzasidan o‘tkazilgan yo‘riqnomada boshqarma boshlig‘i dastlab, ichki ishlar xodimi bo‘lish naqadar sharafli kasb ekanligini alohida eʼtirof etib, xalqimiz tinchligi fuqarolarimizning farovon turmushida aynan ichki ishlar organlari xodimlarining fidokorona mehnatlari borligini, shuni inobatga olgan holda bo‘lajak xodimlar mard, jasur, o‘z vatanini chindildan sevuvchi farzandlar bo‘lib yetishishlari kerakligini taʼkidladi.
Shuningdek, kursantlarning amaliyot davrida qonunchilik va tartib intizomga rioya etishlari, yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.