24 Avgust 2024 yil 1124

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Shofirkon tumanida o‘rganishlar olib bordi

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov hududlarda bo‘lib, tuman sektor rahbarlari, tegishli masʼullar, mahallalar “yettilik” vakillari shuningdek, aholi bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazib, mavjud muammolarga yechim izlamoqda.

Bugun, 24 avgust kuni ham Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov viloyat 3 sektor hududiga qarashli Shofirkon tumanida bo‘lib, aholing ijtimoiy-iqtisodiy muammolari yechim topish, tuman hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, mahallalarda "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Boshqarma boshlig‘ining dastlabki manzili tuman dehqon bozori bo‘ldi.

Bozor hududida jamoat tartibini saqlash, yong‘in xavfsizli hamda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, aholiga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, yo‘llarni taʼmirlash, bozor hududini to‘liq kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan zamonaviy kuzatuv kameralarini o‘rnatish borasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Shundan so‘ng, viloyat 3 sektor rahbari Shofirkon tumanining “Qayrag‘och” mahallasida o‘rganishlar olib bordi. Buyerda yangidan qurilayotgan “Qayrag‘och” mahallasi binosining qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Boshqarma boshlig‘i yangidan qad rostlayotgan inshootni zamon talablari asosida, mahalla vakillari hamda hudud aholisi foydalanishi uchun qulay tarzda tez va yuqori sifat asosida qurib foydalanishga topshirish zarurligi borasida masʼullarga manzilli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, ushbu mahalla aholisining muqobil elektr energiyasi manbalaridan hamda energiya tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda quyosh panellarini o‘rnatish tajribasi o‘rganilib, bu boradagi ishlarni hududdagi boshqa xonadonlarga ham tatbiq etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

“Qayrag‘och” mahallasidagi o‘rganish davomida boshqarma boshlig‘i hudud aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlovchi suv inshooti faoliyatini ham o‘rgandi.

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Shofirkon tumanidagi o‘rganishlari doirasida tuman Tibbiyot birlashmasi hamda "Ko‘rishkent" mahallasida yangidan qad rostlayotgan Oilaviy shifokorlik punktining qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Ushbu ikkala binoni tez fursatda zamon talablari asosida aholi foydalanishi uchun topshirish borasida mutasaddilarga manzillari aniq qilib belgilangan topshiriqlar berildi.

Boshqarma boshlig‘ining bu kabi o‘rganishlari, viloyatning 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon, Shofirkon va Vobkent tumanlarida, shuningdek, boshqa shahar va tumanlarning 3-sektorlariga qarashli mahallalarida bosqichma bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Text to speech