21 May 2024 yil 964

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga daxldorlik va qonunga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan "Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari" 27-o‘quv yig‘iniga jalb etilgan yoshlar bilan viloyat prokurori hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ochiq muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Xavfsizlik Kengashining tegishli ko‘rsatmasi hamda ushbu ko‘rsatma asosida qabul qilingan Ichki ishlar vazirligining farmoyishiga asosan Buxoro viloyatida mavjud 5500 nafar uyushmagan yoshlarning ro‘yxati shakllantirilib, ularni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga daxldorlik, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar va shonli armiyamizning kuch qudratini ularga amaliy tarzda ko‘rsatish maqsadida 100 nafar yoshlardan tarkib topgan ikki kunlik o‘quv yig‘inlari tashkillashtirib kelinmoqda.

Hozirgi kunga qadar Ichki ishlar boshqarmasi Patrul post xizmati batalyonida bo‘lib o‘tayotgan mazkur o‘quv yig‘inlariga Buxoro viloyatining shahar va tumanlarida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar jalb etilgan bo‘lib, maxsus o‘quv dasturi asosida 2 kun davomida o‘qitilmoqda. O‘tgan davr mobaynida 2700 ga yaqin yoshlar mazkur o‘quv yig‘inlariga jalb etildi.

O‘quv yig‘ini davrida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidan tashrif buyurgan professor o‘qituvchilar tomonidan yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy bilimlarini kuchaytirish, ularda vatanparvarlik ruhini oshirish hamda huquqiy bilimlarni egallashlariga alohida eʼtibor qaratildi.

27- o‘quv yig‘ini tinglovchilari yoshlari bilan bugun, Buxoro viloyati Prokurori Ulug‘bek Hamdamov va Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunovlar ochiq muloqot o‘tkazdilar.

"Rahbar va yoshlar uchrashuvi" davomida yoshlarining muammolari hamda takliflari o‘rganilib, o‘zaro muloqotda ular tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yuzma-yuz, ochiq va konstruktiv tarzda o‘tgan muloqotda, yoshlar tomonidan bank imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi, tadbirkorlik uchun yer maydoni ajratishda amaliy yordam berish, ish bilan taʼminlash, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishda imtiyozlardan foydalanish, tayinlangan jazolarini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va boshqa ijtimoiy muammolari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning ijobiy hal etilishiga qaratilib, o‘rganishni talab qiladiganlari yuzasidan manzilli tadbirlar belgilab olindi.

Rahbar va yoshlarning bu kabi uchrashuvlari yoshlarda vatanparvarlik, yurtga daxldorlik, qonunlarga itoatkorlik xislatlarini yuksalishiga, ularning qiziqishlari, qobiliyati, iqtidori va muammolarini o‘rangan holda kasb-hunar hamda chet tilini o‘rganishga yo‘naltirish, bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish orqali faol ijtimoiy hayot tarziga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech