4 Iyun 2025 yil 937

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i huzurida bir necha masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi

Tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tgan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari ishtirok etdi

Yig‘ilishda:

-murojaatlar bilan ishlash, “E-material” elektron platformasiga kelib tushayotgan materiallarni kundalik nazorat qilish va qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlash;

-tashabbus bilan aniqlanadigan jinoiy holatlar yuzasidan tezkor tadbirlar samaradorligini oshirish, mavhum holatda sodir etilgan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish, to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoyat alomati ko‘rinib turgan ariza va xabarlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini sifatli va to‘laqonli o‘tkazish;

-qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni topish bo‘yicha tezkor tadbirlarni kuchaytirish;

-jinoyatlarni yashirish bilan bog‘liq har qanday salbiy va tizimli kamchiliklarga barham berish;

-umumiy, yakka va viktimologik profilaktik tadbirlarni kuchaytirib, jinoyatdan jabrlanib qolishi ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar bilan ishlash alohida ishlash va ularning jinoyat qurboniga aylanib qolishlarini oldini olish choralarini ko‘rish;

-oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar, ayniqsa o‘g‘rilik, firibgarlik, tan jarohati bilan bog‘liq, yo‘l transport hodisalari, oilaviy zo‘ravonlik va boshqa turdagi oila-turmush doirasida sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga doir profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;

-xotin-qizlar, yoshlar hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarni tanqidiy ko‘rib chiqish;

-ko‘cha va jamoat joylarida, mast holda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish maqsadida kunlik qarorlar asosida kuch-vositalarning dislokatsiyasini o‘zgartirib borish;

-ruhiy kasallar va surunkali ravishda spirtli ichkilik ichishga ruju qo‘ygan shaxslar bilan ishlash;

-Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan qo‘riqlov tizimiga ulanishning afzalliklari xususida targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirib manzilli ishlarni olib borish orqali texnik va jismoniy qo‘riqqa olish bo‘yicha manzilli ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirish;

-g‘alla o‘rim-yig‘im tadbirlari davomida yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini taʼminlash, boshoqli don mahsulotlarining hamda bugungi kunda yig‘ishtirib olingan pilla xom ashyosining talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq holatlarni barvaqt oldini olish;

-"Dolzarb 90 kunlik" doirasida yoshlar hamda voyaga yetmaganlar bilan ishlash, yozgi oromgohlarda yoshlarning namunali hordiq chiqarishlarini taʼminlash;

-xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va ijro intizomini mustahkamlash, qonuniylikni taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida joriy yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘tkazilishi eʼlon qilingan ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilishi nazarda tutilgan barcha maxsus, tezkor hamda profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga olgan, “Dolzarb bir oylik” davomida amalga oshiriladigan ishlar birma-bir tushuntirib berilib, har-bir masala yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Bunda, masʼul rahbarlarning o‘zlari qo‘l ostidagi xodimlarga shaxsiy namuna ko‘rsatib, shaxsiy tarkibning kundalik yuklamasidan kelib chiqqan holda vazifalarni to‘g‘ri taqsimlab berishi va kunlik nazorat tizimini yo‘lga qo‘yishi talab qilindi.

Xizmat va ijro intizomiga qatʼiy rioya qilmagan, qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibni ortidan ergashtira olmagan, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan va tashabbus ko‘rsatmaydigan mutasaddilarga nisbatan keskin intizomiy taʼsir choralari qo‘llanilishi yuzasidan ogohlantirildi.

Text to speech