Buxoro viloyati Ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, bo‘sh lavozimlarni munosib nomzodlar bilan jamlash, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomi hamda qonunchilikni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi
Bugun, Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda shaxsiy tarkib ishtirokida viloyat ichki ishlar organlarining bo‘sh bo‘lgan ofitserlik hamda safdorlik lavozimlarini munosib nomzodlar bilan jamlash borasidagi shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i eʼlon qilindi.
Boshqarma boshlig‘i yangi lavozimlarga tayinlangan xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, har bir xodimning galdagi ustuvor vazifalarini belgilab berdi.
Shuningdek, viloyat ichki ishlar organlarida kadrlar siyosatini to‘g‘ri va adolatli olib borish, tizimni xalqchil tuzilmaga, fuqarolarning chinakam himoyachisiga aylantirish, xodimlarni Vatanga va kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash, shaxsiy tarkib o‘rtasida korrupsiogen holatlarga qarshi immunitetni shakllantirish, sohalar kesimida bunga qarshi keskin va ayovsiz kurash olib borish lozimligini qayd etib, masʼullarga bir qator vazifalarni yukladi.
Bundan tashqari, xizmat intizomi va qonunchilik talablarini buzgan har qanday toifadagi masʼul rahbar va xodimlarga nisbatan keskin intizomiy taʼsir choralari qo‘llanilishi qatʼiy belgilanib, har bir holatga favqulodda holat sifatida baho berilishi taʼkidlandi.