Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar muammolarini o‘rgandi
Mamlakatimizda yoshlarga eʼtibor masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, bugun ularning muammolariga yechim topish, bilim, kasb-hunar egallashlari, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun keng ko‘lamli imkoniyatlar yaratilgan.
Joylarda rahbarlarning yosh avlod vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazayotgani bu ishlar samaradorligida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Boshqarma boshlig‘i boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuv davomida ham yoshlarining muammolari hamda takliflari o‘rganilib, o‘zaro muloqotda ular tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar tinglandi.
O‘tkazilgan yuzma-yuz ochiq muloqotda, yoshlar tomonidan bank imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi, tadbirkorlik uchun yer maydoni ajratishda amaliy yordam berish, ish bilan taʼminlash, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishda imtiyozlardan foydalanish va boshqa ijtimoiy muammolar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Boshqarma boshlig‘i shu kuni yoshlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, ularga bayram sovg‘alarini ulashdi.