21 Yanvar 2025 yil 1864

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari (IIV Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti) bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga 2025/2026 o‘quv yili bo‘yicha o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovi boshlanganligini ma’lum qiladi

2025-yilning 21-yanvar kunidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda xorijiy davlatlar ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro Akademik litseyiga murojaat qilishlari so‘raladi, 2025-yilning 28-fevral kunidan keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

 IIV Akademiyasi kunduzgi bo‘limiga:

 Akademiyaga yoshi 17 dan kichik (qabul yilida 17 yoshga to‘ladiganlar) va 25 dan katta bo‘lmagan, shu jumladan 25 yoshdagi, bo‘yi 165 sm dan past bo‘lmagan yigitlar va bo‘yi 160 sm dan past bo‘lmagan qizlar, umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Ichki ishlar organlari xodimlari (safdor va serjantlik lavozimlarida xizmat qilayotgan)ning murojaatlari qabul qilinadi. O‘qish muddati 3 yil.

 Jamoat xavfsizligi universitetiga:

Universitetga yoshi 17 dan kichik (qabul yilida 17 yoshga to‘ladiganlar) va 25 dan katta bo‘lmagan, shu jumladan 25 yoshdagi, nomzodlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha:

-Yo‘l-patrul xizmati (bo‘yi 175 smdan past bo‘lmagan yigitlar va bo‘yi 170 smdan past bo‘lmagan qizlar);

-Patrul-post xizmati (bo‘yi 170 smdan past bo‘lmagan yigitlar va bo‘yi 165 smdan past bo‘lmagan qizlar);

-Pasport tizimini huquqiy ta’minlash (bo‘yi 165 smdan past bo‘lmagan yigitlar va bo‘yi 160 smdan past bo‘lmagan qizlar);

Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va Ichki ishlar organlari xodimlari (safdor va serjantlik lavozimlarida xizmat qilayotgan)ning murojaatlari qabul qilinadi. O‘qish muddati 3 yil.

Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalariga:

Muassasalarga yoshi 18 dan kichik (qabul yilida 18 yoshga to‘ladiganlar) va 25 dan katta bo‘lmagan, shu jumladan 25 yoshdagi, bo‘yi
165 smdan past bo‘lmagan yigitlar va bo‘yi 160 smdan past bo‘lmagan qizlar, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ma’lumotga ega bo‘lgan:

IIV Buxoro Akademik litseyi bitiruvchilari, harbiy Akademik litseylar bitiruvchilari, Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari, shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari (lavozimida kamida olti oy ish stajiga ega bo‘lishi shart)ning murojaatlari qabul qilinadi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha hujjat topshiradigan nomzodlardan rus tilida diktant sinovlari olinadi.

 Manzil: Buxoro shahri, Navoiy shox ko‘chasi, 6a-uy.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: +998-90-613-52-32     91-401-41-19

Text to speech