25 Sentyabr 2024 yil 2093

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasida "Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir qilingan qonun buzilishi va salbiy holatlar" mavzusiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

So‘nggi bir necha yilda jamiyatning barcha sohalari qatori ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida ham muhim islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Tizimda amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasi xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, ularning haq-huquqlari yo‘lida dasturul amal bo‘la oladigan tuzilmaga aylanmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta bu yo‘nalishda Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, viloyat IIB ekspert-kriminalistika bo‘limi, viloyat IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va ularning hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir yetilgan qonun buzilishi va salbiy holatlar” shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazilib, kelgusida qonuniylikni taʼminlash, ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti maʼsul xodimi podpolkovnik G‘.K.Nabiyev, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik O.A.Xasanov, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Sh.Xaydarov ishtirok yetib yig‘ilish ishtirokchilariga mavzu doirasida atroflicha maʼlumotlar berib o‘tildi.

Yig‘ilish so‘ngida maʼsullar tomonidan xodimlarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech