23 May 2024 yil 1479

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida jamoat xavfsizligini taʼminlashga bag‘ishlangan tezkor yo‘riqnoma o‘tkazildi

Joriy yilning 23 may kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i Ikromjon Tursunov, viloyat hokimining o‘rinbosari Erkin Majidov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa taalluqli idoralar masʼul rahbarlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida Yo‘riqnoma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa tizimi asosida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda hududiy ichki ishlar organlari studiyalaridan sohaga taalluqli masʼul idoralar rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni, Ichki ishlar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklarining normativ hujjatlari asosida joriy yilning 25 may kuni barcha umumtaʼlim maktablarida "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha belgilab berilgan tavsiyalar, bunda xavfsizlik choralarini ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalarning ijrosi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan manzilli ishlar, kuch va vositalar taqsimoti, ularning xizmat faoliyatini tashkillashtirish borasidagi vazifalar birma-bir tushuntirib berildi.

Normativ hujjatlarda keltirilgan topshiriqlar hamda tavsiyalardan kelib chiqib, hududiy ichki ishlar organlarida tezkor shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, har bir yo‘nalishga masʼul rahbarlarni biriktirish, ularning zimmalaridagi vazifalar yuzasidan aniq va manzilli ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech