10 Fevral 2025 yil 2416

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ikromjon Tursunov huzurida haftanoma yig‘ilishi o‘tkazildi

Videokonferensaloqa tizimi orqali o‘tgan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlar rahbarlari hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi.

Tanqidiy tahliliy-tarzda o‘tgan muhokamada:

-joriy yilning yanvar oyida hamda fevral oyining o‘tgan davri mobaynida sodir etilgan jinoyatlar tahlili;

Ochilmagan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar samaradorligini oshirish;

-surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlarini sifatli o‘tkazish va yakuni bo‘yicha qonuniy qarorlar qabul qilinishini taʼminlash;

-“E-material” tizimiga kelib tushayotgan materiallarni kundalik nazorat qilish va qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlagan holda hal etish;

- viloyatdagi mavjud 544 ta mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarining ijrosi;

-oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar, ayniqsa o‘g‘rilik hamda firibgarlik jinoyatlarini oldini olishga doir profilaktik tadbirlar va bunda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar;

- muqaddam sudlagan, probatsiya nazorati ostidagilar, profilaktik hisobda turganlar bilan ishlash;

-kunduzgi hamda tungi patrullik yo‘nalishlarining kunlik dislokatsiyalarining qay darajada tashkil etilganligi, tahlil va kundalik vaziyatga qarab qayta taqsimot qilish;

-xotin qizlar, yoshlar hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;

-maktablar, texnikumlar, kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida hamkor idoralar bilan birgalikda “Davomat” va boshqa maxsus hamda tezkor profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;

-og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, ayniqsa, qotillik, tan jarohati yetkazish, oila turmush doirasidagi, shu jumladan oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish;

-oilaviy nizolarni hal etishda "Vobkent tajribasi" asosida kundalik muhokamalarni doimiy ravishda sifatli o‘tkazish va chora-tadbirlarni belgilash;

-uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi tezkor hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;

-kiberjinoyatchilikni oldini olish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati hamda huquqiy ongni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish, shu bilan birga plastik karta bilan bog‘liq o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlarini oldini olishga doir “xonadonbay” va “fuqarobay” tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish orqali aholining kibergigiyena bo‘yicha savodxonligini oshirish;

-Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi negizida tashkil etilgan va bugungi kunda test rejimida ishlayotgan “Qalqon” kuzatuv markazidagi ishlarni yakuniga yetkazish va yana-da takomillashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning ijrosi;

-hududlar bo‘ylab zamonaviy videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va markazga integratsiya qilish;

-mavjud kameralarni taftishdan o‘tkazish va nosozlarini zamonaviy kameralarga almashtirish;

-“mahallabay” va “sohabay” tartibda jinoyatlarning muhokamasini tashkillashtirish va kelgusida jinoyatlar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini olib borish;

- 79 ta “qizil” toifadagi mahalalarga biriktirilgan masʼullarning dastlabki ish natijalari tahlili;

Prezidentimizning "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli Qarorida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash;

-viloyat va shahar tumanlarning 3-sektorlari faoliyatini takomilashtirish, hududlarda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy muammolariga yechim topish, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi manzilli ishlarning bugungi kun holatidagi natijalar;

-aholining muqobil elektr energiyasi manbalaridan, jumladan, quyosh panellaridan foydalanish madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini yana-da jadallashtirib, manzilli ishlarni kuchaytirish;

- aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini olib borgan holda "Xavfsiz ko‘cha" hamda "Xavfsiz yo‘lak" loyihalarini tashabbusli byudjetda yutib olish orqali moliyalashtirishning afzalliklarini tushuntirish yo‘li bilan manzilli ishlarni tashkillashtirish;

-xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va ijro intizomini mustahkamlash, qonuniylikni taʼminlash;

-kadrlarni joy-joyiga qo‘yish, o‘qitish, kasbiy, jangovar, jismoniy tayyorgarliklarini oshirish;

-xodimlarning mavjud muammolarini “xodimbay” tizim asosida o‘rganish, ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, har bir topshiriqni belgilab berilgan sanada bajarib axborot berish, bunda rahbarlar qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibning kundalik vazifalarini to‘g‘ri taqsimlagan holda nazorat qilishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech