1 Fevral 2025 yil 643

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bahodirxo‘ja Sharipov boshchiligida G‘ijduvon tumanida masʼullar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuvda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari, tegishli korxona va tashkilotlar masʼullari, fermer xo‘jaligi rahbarlari hamda “ZOOM” platformasi orqali mahallalar “yettilik” vakillari ishtirok etishdi.

Jarayonda dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli Qarorining mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.

Bunda, tumanda mavjud 75 ta mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, sodir etilgan qonunbuzarliklarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan orqali manzilli bartaraf etish, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, mahallarda faoliyat olib boruvchi “yettilik” vakillarining uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, qaror talablaridan kelib chiqqan holda aholining mavjud muammolarini birgalikda hal etish, ularni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali pirovardida tumanni ishsizlikdan holi hududga aylantirish borasida tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 dekabrdagi 465-sonli Qarorining mazmun-mohiyati tushuntirilib, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, dala chetlariga mevali va manzarali daraxtlarni ekish, ichki ariq va zovurlarni betonlashtirish, hashar qilingan ariqlar atrofini obodonlashtirish, bog‘ va uzumzorlarda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, elektr energiyasi tejamkorligini taʼminlash maqsadida quyosh panellarini o‘rnatish bilan bog‘liq berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, ekin yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilmalar qurish, samarasiz foydalanish bilan bog‘liq qonunbuzarliklarni oldini olish borasida ham tushuntirishlar berildi.

Text to speech