15 Aprel 2025 yil 1552

Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari bilan amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida bo‘lib, viloyat mahallalaridagi mavjud kriminogen vaziyat, shuningdek, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, ijro hamda xizmat intizomiga rioya etilishi, xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligi darajasi kompleks tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga manzilli topshiriq va ko‘rsatmalar berilgan edi.

Shu asosida, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari boshchiligida ikki kunlik seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Xodimlarning jangovar shayligi darajasini yana-da mustahkamlashga qaratilgan dastlabki mashg‘ulotlarga hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari hamda tashkiliy bo‘lim (bo‘linma) lar boshliqlari jalb etildi.

Bunda, favqulodda vaziyatlarda kuch vositalarni to‘g‘ri taqsimlash, tezkor qarorlar qabul qilish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va shu kabi boshqa masalalar yuzasidan tushunchalar berildi.

Shundan so‘ng, viloyat Ichki ishlar boshqarmasida faoliyat olib borayotgan va bugungi kunda takomillashtirish jarayonida bo‘lgan “Xavfsiz shahar” platformasiga integratsiya qilingan “Tezkor boshqaruv Markazi”da amaliy seminar davom ettirildi.

Bu yerdagi mashg‘ulotlarga viloyat va tuman (shahar) ichki ishlar organlari Navbatchilik qismlari hamda sohaviy xizmatlarining tezkor navbatchilari ham jalb etildi.

Jarayonda markazning ishlash tizimi, uning imkoniyatlari, hududlarda jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligi, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga barham berish maqsadida tashkil etilgan tezkor boshqaruv markazi to‘g‘risida batafsil maʼlumot berilib, onlayn rejimda uning imkoniyatlari va qulayliklari namoyish qilindi.

Xodimlarning kasbiy bilim ko‘nikmalarini, jismoniy va jangovar shayligini oshirishga qaratilgan seminar mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Text to speech