26 Dekabr 2023 yil
1458
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov G‘ijduvon tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
Sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa mutasaddi idoralar masʼullari, mahalla xodimlari hamda murojaatlariga yechim izlab kelgan fuqarolar ishtirok etdilar.
Qabulda ko‘tarilgan 10 dan ortiq fuqarolarning turli ijtimoiy-iqtisodiy murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etildi.
Ish yurituviga olingan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga ijobiy hal etish borasida manzillari aniq topshiriqlar berildi.