Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘ijduvon tumanining Ko‘lijabbor mahallasida o‘rganishlar olib bordi
Ayni kunlarda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilgan “Ko‘lijabbor” mahallasida alohida dastur va yo‘l xaritasi asosida keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, hozirda yakuniy bosqichga yetib kelgan.
Bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov “Ko‘lijabbor” mahallasida bo‘lib, tuman sektor rahbarlari, taalluqli masʼullar hamda mahalla yettiligi hamrohligida hududda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish, taʼmirlash, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarining borishi, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.
Jarayonda kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash, elektr taʼminoti, ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini yaxshilash, aholi xonadonlari va ijtimoiy obyektlarda kuz qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar ham ko‘zdan kechirilib, galdagi vazifalar borasida masʼullarga aniq va manzilli topshiriqlar berdi.
Xabaringiz bor davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa asosan hududlardagi kambag‘al oilalar sektor rahbarlariga biriktirib berildi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida G‘ijduvon tumani Ko‘lijabbor mahallasida istiqomat qiluvchi o‘ziga biriktirilgan kam taʼminlangan oilalar muammolarini o‘rganib, masʼullarga tegishli topshiriqlar bergan edi.
Bugungi o‘rganishlar davomida viloyat 3-sektor rahbari ushbu fuqarolar bilan yana bir bor uchrashib, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritalari ijrosi yuzasidan amalga oshirilatyogan ishlar va ularning dastlabki natijalari bilan ham yaqindan tanishdi.
Mahallada iqtisodiy o‘sish drayverini yaratish, aholining tomarqadan unumli foydalanish madaniyatini shakllantirish, chorvachilik, parrandachilik, issiqxona xo‘jaliklarini yaratish orqali kambag‘al oilalarning daromadini oshirish borasida o‘zining bir qator tavsiyalari hamda ko‘rsatmalarini berdi.
Bu kabi o‘rganish ishlari davom etmoqda.