Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov boshchiligida Buxoro shahrida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida biriktirilgan masʼullar bilan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugungi kunda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli topshirig‘iga asosan Buxoro shahridagi 65 ta mahallalarga biriktirilgan masʼul rahbarlar va xodimlar ishtirokida "Xavfsiz hudud" keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
O‘tkazilgan muhokamada ushbu ishlarning natijadorligi tahlil qilindi.
Jarayonda hududlardagi mavjud tizimli muammolarni o‘rganish, aholi murojaatlarini hal etish, shu jumladan, 54 toifaga kiritilgan shaxslar bilan manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, mahallalarni raqamlashtirish, zamonaviy videokuzatuv moslamalari bilan jihozlash va kuzatuv markaziga integratsiya qilish borasida topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari aholi o‘rtasida turli jinoiy tajovuzlarga nisbatan immunitetni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishni kuchaytirish yuzasidan ham ko‘rsatmalar berildi.